Toshkentda Markaziy Osiyoda tuberkulyozga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan beshinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Press Release Shim

Speeches Shim

TB conference

For Immediate Release

Payshanba, 16 September, 2021

2021 yil 16 sentyabr, Toshkent, O‘zbekiston – Bugun Toshkentda Markaziy Osiyoda tuberkulyozni integratsiyalashgan nazorat qilish bo‘yicha beshinchi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Uch kun davom etadigan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, KfW taraqqiyot banki va Silni to‘xtatish (Stop TB Partnership) harakati ko‘magida tashkil etilgan.

Anjumanda Avstraliya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Moldova, Shveysariya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, AQSh va O‘zbekistondan 250 dan ortiq davlat rasmiylari va sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Tadbir hukumatning COVID-19 pandemiyasi davrida tuberkulyoznga qarshi kurash dasturlarini amalga oshirish va barqaror moliyalashtirish imkoniyatlarini shakllantirishga va tuberkulezga qarshi kurash bilan bir qatorda pandemiya muammolarini hal qilishga qaratilgan.

Tadbirda so‘zga chiqqan AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblum ta’kidlaganidek: «Bu konferensiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining xatarli, ammo davolash imkoni yuqori bo‘lgan tuberkulyoz kasalligining tarqalishiga qarshi kurashishdagi muhim hamkorligi va intilishini namoyish etadi. AQSh xukumati Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tuberkulyozga qarshi kurashda deyarli o‘ttiz yillik hamkorlikni yuqori qadrlaydi. Bizning birgalikdagi sa’yi-harakatlarimiz aholining sifatli tibbiy yordam xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada yaxshiladi va o‘n yil avval kuzatilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan tuberkulyoz bilan kasallanganlar soni va o‘lim darajasining sezilarli kamayishiga olib keldi».

Markaziy Osiyo mamlakatlari tuberkulyoz kasalligining tarqalishini cheklashda sezilarli yutuqlarga erishganlariga qaramay, uning dori-darmonlarga chidamli shakllari mintaqada yuqori darajada bo‘lib qolmoqda. COVID-19 pandemiyasi vaziyatni yanada murakkablashtirib, buning natijasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish nisbatan pasaydi, shu bilan bir qatorda kasallik tashxisi qo‘yilgan bemorlar soni ham kamaydi.

Qo‘shma Shtatlar ushbu yuqumli kasallikka qarshi kurashda hukumat va turli manfaatdor tomonlar bilan faol hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekistonda USAID va tuberkulyoz kasalligiga qarshi Milliy dasturining birgalikdagi sa’y-harakatlari ko‘plab turdagi dorilarga chidamli tuberkulyoz kasalligini aniqlash vaqtini 90 kundan bir necha soatgacha qisqartirish imkonini yaratdi. Bundan tashqari, pandemiyaning tuberkulyoz kasalligi tashxisiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, tuberkulyoz va COVID-19ni bir vaqtning o‘zida tekshirishning yangi tartibi ishlab chiqildi.

Tadbir USAID tomonidan Qozog‘istonning Nur-Sulton (2019); Tojikistonning Dushanbe (2018); Qirg‘izistonning Bishkek (2017); va Qozog‘istonning Olmaota (2016) shaxarlarida tuberkulez kasalligiga qarshi kompleks kurashga bag‘ishlangan avvalgi to‘rtta xalqaro konferensiyaning davomi hisoblanadi.

###

USAID - dunyodagi yetakchi xalqaro rivojlanish agentligi hamda rivojlanish sohasida natijalarga erishish katalizatori sanaladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun USAIDning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi veb-sayti va Facebook sahifasiga tashrif buyuring.

###

Last updated: September 24, 2021

Share This Page